BUXORO UNIVERSITETI

BUXORO UNIVERSITETI, Fayzulla Xo’jayev nomidagi Buxoro davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1992 yil 15 martda Buxoro pedagogika instituti (1930) negizida tashkil etilgan. Universitetda 9 fakultet (fizika matematika, iqtisod, kimyo biologiya, qishloq xo’jaligi, badiiy grafika va xalq amaliy bezagi san’ati, tarix geografiya, xorijiy Filologiya, pedagogika va jismoniy madaniyat, o’zbek Filologiyasi, bir ijtimoiy o’quv markazi, 50 ixtisoslashtirilgan kafedra, mintaqaviy til markazi, ixtisoslashtirilgan akademik litsey, gimnaziya, tayyorlov kurslari, kutubxona (Nodir qo’lyozmalar va toshbosma asarlar bo’limi bilan), botanika bog’i, planetariy, hisoblash markazi, test markazi, universitet tarixi, o’lka zoologiyasi, arxeologiya-etnografiya muzeylari, o’quv sport, sport harbiy tayyorlov, sport sog’lomlashtirish majmualari, ma’rifiy-madaniy ishlar klubi bor (2001). Universitetda 23 ixtisoslik bo’yicha mutaxassislar tayyorlaniladi. Unda aspirantura, magistratura, doktorantura mavjud. 2000/2001 o’quv yili untda 5 mingdan ortiq talaba ta’lim oldi, 341 o’qituvchi, jumladan 1 O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademik, 28 fan Doktori va professor, 272 fan nomzodi va dotsent ishladi. Universitetda turli yo’nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Irlandiya, Frantsiya, MAP, Polsha, Germaniya, AQSh ilmiy muassasalari bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Tashkil bo’lgandan beri universitet 25 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi (2001).