BUXORO — TOSHKENT — BISHKEK—OLMAOTA GAZ YO’LI

BUXORO — TOSHKENT — BISHKEK—OLMAOTA GAZ YO’LI Buxoro (muborak)dan boshlanib Olmaota shahrida tugaydi. Uzunligi 1324 kilometr. 1964—65 yillarda qurilgan. 530-1220 millimetrli quvurlar yotqizilgan. Gaz yo’li 2, ayrim joylarda 3 izli qilib qurilgan. O’zbekistonning Janub va g’arbidagi konlardan olinadigan gazni O’zbekistondagi, shuningdek Qirg’izistonning shimol va Qozog’istonning Janubdagi iste’molchilarga etkazib berishga xizmat qiladi. Loyiha quvvati yiliga 28 milliard metr kub. Bu gaz yo’lining O’zbekiston hududidagi qismini kengaytirish ishlari olib borilmoqda (2000).