BUXTA
BUXTA (nemischa Bucht) — okean, dengiz, qo’ltiq yoki ko’lning quruqlikka yorib kirgan yoki orollar bilan o’ralgan kichik bir qismi. Odatda, kema to’xtab turishi uchun qulay bo’ladi (Bosfor bo’g’ozidagi Oltin Muguz, qora dengizdagi Novorossiysk Buxtasi). Gidrologik rejimi mahalliy sharoit bilan bog’liq bo’lib, Buxtaga tutash suvlardan farq qiladi.