BO’ZDUNGTOV
BO’ZDUNGTOV — Markaziy Qizilqumdagi qir. Janubi g’arbdan shimoli sharqqa tomon cho’zilgan. Bo’zdungtov g’arbda Tuhfabergan, Janubi Sharqda Jamanqashqirtov tog’lari bilan, shimolda Bo’kantov yassitog’ligi bilan tutash. Eng baland joyi — 764 metr (Irlitov). Bo’zdungtov yuqori paleozoyning ohaktosh, dolomit, kremniyli slanes, qumtosh jinslaridan tuzilgan, bu jinslar gersin orogenezida burmalangan. Alp burmalanishida yana ko’tarilgan. Bo’zdungtov asimmetrik bo’lib, Janub yon bag’irlari tikroq, quruq soylar o’yib yuborgan. Bo’zdungtov etaklarida yer osti suvlari yer yuzasiga yaqin (1-4 metr), shu tufayli quduq ko’p. Quduqlar atrofida ovular joylashgan.