BUYUK ABXAZ (KELASUR) DEVORI
BUYUK ABXAZ (KELASUR) DEVORI — Abxaziyadagi qadimgi mudofaa devori (5— 6-asrlar). Suxumi shahridan 4 kilometr Janubroqdan boshlanib, Kelasur daryosining chap qirg’og’i orqali Janubiy Abxaziyani o’ragan holda Inguri daryosining qora dengizga quyilish yerida tamomlanadi. U 150 yil mobaynida Absil qabilalari tomonidan qurilgan; devor ohak bilan qorishilgan xarsangtoshlardan qilingan bo’lib, uzunligi 160 kilometrdan ziyod, balandligi 4 metr, har 35-50 metr masofada balandligi 8 metr keladigan 2000 ga yaqin minora va Burjlar bino qilingan. Burj va istehkomlarda kungura va shinaklar bo’lgan. Devor ham tog’tomondan (shimoldan), ham dengiz tomondan bo’ladigan hujumlardan mudofaa etgan. Bir necha marta qayta tiklangan. 14— 15-asrlardan boshlab harbiy ahamiyatini yo’qotgan. Devorning ko’pgina qismi va vayrona holdagi bir necha yuz burji (minorasi) saqlanib qolgan.