BUYUK MENDERES
BUYUK MENDERES — Turkiya g’arbidagi daryo. Uzunligi 380 kilometr, havzasining maydoni 23,9 ming kilometr kvadrat. Anadolu yassitog’ligidan boshlanib, Egey dengiziga Delta hosil qilib quyiladi. O’rtacha suv sarfi 90 m3/sek, qishda sersuv. Sug’orishda keng foydalaniladi. Quyi oqimida o’zani juda egribugri. Buyuk Menderesning yunoncha nomi — Meandr — keyinchalik daryo o’zanining egribugriligini anglatuvchi termin bo’lib kelgan.