BUG’ SOVITKICH

BUG’ SOVITKICH — bug’ning o’ta qizish temperaturasini rostlab turish uchun mo’ljallangan issiqlik almashinuvchi qurilma. Sirtqi va purkama xillari bor. Sirtqi (sirtdan sovitadigan) Bug’ sovitkichda bug’ temperaturasi suv bilan sovitiladigan devorga tegib turishi natijasida, purkama (purkab sovitadigan) Bug’ sovitkichda esa bug’li sig’imga purkaladigan kondensat ning bug’lanishi natijasida pasayadi.