BUG’ TAQSIMLASH
BUG’ TAQSIMLASH — bug’ mashinasi tsilindriga yangi bug’ berish va undan ishlatilgan bug’ni chiqarish jarayonlarini boshqarish. Tsilindrning kiritish va chiqarish kanallarini zolotniklar, klapanlar, bevosita porshenning o’zi (to’g’ri oqimli mashinalarda) yoki jo’mraklar yordamida (porshenning harakat qonuniga aniq amal qilgan holda) navbatma navbat ochib va yopib amalga oshiriladi.