BYUDJET TAQCHILLIGI

BYUDJET TAQCHILLIGI, byudjet kamomadi — byudjetlari xarajatlarning daromadlardan ustun bo’lishi. Kamomad rejali ravishda belgilanishi ham mumkin. Ko’pincha Byudjet taqchilligi rejalashtirilgan byudjet bilan ijro etilgan byudjetning nomutanosibligi natijasida sodir bo’ladi va xarajatlarning daromadlardan yuqori bo’lganligini ko’rsatadi. Davlatning Byudjet taqchilligini qoplash kredit emissiyasi yoki boshqa manbalar, shu jumladan muomalaga turli muddatli davlat obligatsiyalarini chiqarish hamda aholi yoki yuridik shaxslar o’rtasida joylashtirish evaziga amalga oshiriladi.