BETSON

BETSON, Beytson (Bateson) Uilyam (1861.8.8, Uitbi 1926.8.2, Merton) — ingliz biologi, genetika asoschilaridan biri. «Genetika» atamasini ham Betson taklif etgan (1907). Kembrij universiteti professpr (1908-10). Ilmiy ishlari chog’ishtirma anatomiya va irsiyat masalalariga oid. «Borliq — yo’qlik» nazariyasini ilgari surgan (1905). Bu nazariyada u organizmlarda ularning rivojlanishini tormozlab qo’yadigan omillar yo’qolishi bilan yangi belgilar paydo bo’lishini tushuntirib berishga harakat qilgan. 1910 yilda Angliya genetik jurnalini tashkil etgan.