CHANSHA

CHANSHA — Xitoyning Markaziy qismidagi shahar. Xunan provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 6,1 million kishi (1999). Transport yo’llari chorrahasi. Syantszyan daryosi bo’yidagi port. Rivojlangan qishloq xo’jalik rayonining (sholi va boshqalar) markazi. Yengil va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Po’lat, alyuminiy, stanoklar, elektr va sanoat jihozlari, vagonlar, o’g’itlar ishlab chikariladi. Yirik sholi bozori. Hozirgi shahar o’rnidagi aholi yashaydigan manzil miloddan avvalgi 5-asrdan ma’lum.