CHAPAR

CHAPAR — daraxt novdasi yoki simdan to’qilgan qalqonsimon mudofaa vositasi. O’rta asrlarda Temuriylar, O’rta Osiyo xonliklari va Eron qo’shinlarida qo’llanishda bo’lgan. Ko’pincha mudofaa inshootlari hisoblanmish xandaq hamda mo’rjal (okop) oldiga o’rnatilgan va u askarlarni dushman otgan o’q, tosh va b.dan himoya qilish uchun mo’ljallangan. Xiva xonligi qo’shinida bunday mudofaa aslahasi chib (JIB) deb nomlangan.