CHHATTISGARH

CHHATTISGARH – Hindistonning Markaziy qismidagi shtat. Maydoni 135 ming kilometr kvadrat. Aholisi 21 million kishi (2001). Ma’muriy markazi — Raypur shahri. Shtat Sharqda Jarkxand va Orissa, g’arbda Madhya Pradesh va Maharashtra, shimolda Uttarpradesh Shtatlari bilan chegaradosh. Shtat 2000 yil 1 noyabrda tashkil etilgan. Chhattisgarh — agrar shtat. Aholining 80% qishloq xo’jaligida band. Maydonining 43% ishlanadi. Asosiy ekini — sholi, shuningdek, bug’doy, makkajo’xori, dukkaklilar ekiladi, zaytunzorlar bor. Bog’dorchilik va sabzavotchilik rivojlangan. Shtat hududining 44% o’rmon. Shtatning muhim tabiiy resursi — o’rmon mahsulotlari. Metallurgiya sanoati, po’lat quyish va tsement zdlari, mashinasozlik, oziqovqat, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Plastmassa ishlab chiqariladi. Alyuminiy, konchilik rivojlangan. Mamlakatda ishlab chiqariladigan temir yo’l platformalarining 100%, tsementning 20% Chhattisgarhga to’g’ri keladi. Temir, marganes, oltin va boksit rudalari qazib olinadi. Shuningdek, olmos, berill, ametist (safsar), aleksandrit va boshqa qimmatbaxr toshlar konlari topilgan.