CHAQALOQLARNING GEMOLITIK KASALLIGI

CHAQALOQLARNING GEMOLITIK KASALLIGI — chaqaloqlarda og’ir kechadigan kasallik. Ona va homila qon gruppalarining turli sistemalar, ko’pincha rezusfaktor bo’yicha mos kelmasligi. Qonda rezusfaktorning bor-yo’qligiga qarab, u rezusmusbat yoki rezusmanfiy deb belgilanadi. Bolada kasallik ona yoki ota qonining rezusi mos kelmasligi (onasi—rezusmanfiy, otasi—rezusmusbat) dan paydo bo’ladi. Bunda homilaga rezusfaktor rezusmusbat otadan utishi mumkin. Homilaning rezusfaktori plasenta orqali rezusmanfiy ona qoniga o’tadi. Ona organizmi homila rezusfaktoriga nisbatan antitelolar ishlab chiqaradi, bular plasenta orqali rezusmusbat homila qoniga qayta o’tib, uning eritrositlarini yemiradi (gemoliz ro’y beradi), kamqonlik va sariq pigment — bilirubinning to’planishi yuzaga keladi. Kasallik aksari ikkinchi, uchinchi va keyingi homiladorliklarda tug’ilgan, shuningdek, abortlardan keyingi homiladorlikda tug’ilgan (chunki ona organizmida antitelolar mikdori bir homiladorlikdan ikkinchi homiladorlikkacha ortib boradi) go’daklarda uchraydi. Onaga ilgari rezusfaktorni hisobga olmay qon quyilgan bo’lsa, birinchi homiladorlikdan tug’ilgan bolada ham Chaqaloqlarning gemolitik kasalligi paydo bo’lishi mumkin. Chaqaloqlarning gemolitik kasalligi ona va homila qoni qon gruppalari bo’yicha mos kelmaganda ham kuzatiladi, bu ko’pincha onaning qon gruppasi 1(o), bolaniki P(A) yoki Sh(V) bo’lgan hollarda ro’y beradi. Chaqaloqlarning gemolitik kasalligining 3 shakli farq qilinadi: homiladagi umumiy tug’ma shish, chaqaloqlardagi sariqlik hamda ulardagi tug’ma kamqonlik. Chaqaloqlardagi sariklik ko’proq uchraydi. Sariqlik tug’ruqning birinchi-ikkinchi kunida paydo bo’ladi va bola hayotining keyingi kunlarida kupaya boradi; ba’zan go’dak terisi sarg’ayib tug’iladi, bu qonda eritrositlar parchalanishidan hosil bo’ladigan bo’yovchi modda — bilirubinning paydo bo’lishi va tez ko’payishiga bog’liq. Bunda birinchi haftaning oxirlarida bolaning ahvoli og’irlashib, u shilqillab tushadi, yaxshi emmaydi, oyoq-qo’llari tortishadi. Homilaning umumiy tugma shishi hamda kamqonliqda bola ulik tugiladi yoki tug’ilgan zahoti nobud bo’ladi. Chaqaloqlarning gemolitik kasalligining oldini olish uchun homilador ayollarning qoni Rezusfaktorga tekshiriladi va qon gruppasi aniqlanadi. Qoni rezusmanfiy ayollar hisobga olinadi; ularning qoni rezus antitelolarga muntazam tekshirib turiladi. Qoni rezusmanfiy birinchi marta homilador bo’lgan ayollarga abort qildirish tavsiya etilmaydi.