CHEGARA QATLAM

CHEGARA QATLAM — suyri jismlarning sirti yaqinida, kanal devorlarida yoki suyuqlikning xar xil tezlikli, temperaturali, yo bo’lmasa, turlicha kimyoviy tarkibli ikki oqimning bo’linish chegarasida suyukdik yoki gazning oqish sohasi. Chegara qatlam nazariyasini 1904 yilda L. Prandtl’ yaratgan. Oqish rejimi suyuqlik yoki gazning qalinligi, tashki muhitning qandayligi, suyuqlik (yoki gaz) tegib turgan yuzaning sillikligiga bog’liq. Chegara qatlamda yopishqoqlik kuchi hisobga olinadi. Nisbiy tezlikka ega bo’lgan ikki oqimning qo’shilishi natijasida ham Chegara qatlam hosil bo’ladi va u erkin qatlam deb ataladi. Chegara qatlamda oqimning laminar (tekis) va turbulent (uyurmali) rejimi yuz berishi mumkin. Laminar Chegara qatlam qalinligi turbulent Chegara qatlam uchun esa formula orqali aniqlanadi. Chegara qatlamda muhit zarralari tormozlanadi, ma’lum vaqtdan keyin ularning kinetik energiyasi hosil bo’lgan bosimni yengish uchun yetarli bo’lmay qoladi, bu vaqtda Chegara qatlamda teskari oqim hosil bo’ladi. Suyuqlik zarralari dastlab jism yuzasiga parallel harakat qiladi, teskari okim hosil bo’lishi bilan jism yuzasidan uzoqdashadi. Bu hodisani Chegara qatlamning ajralishi deyiladi. Chegara qatlamda ajralish kancha oddin ro’y bersa, jismning quyruq qismida bosim shuncha kam bo’ladi. Chegara qatlam ajralishi bilan Chegara qatlamdan tashkarida suyuqlik (gaz) oqimi tubdan o’zgaradi. Bu, o’z navbatida, jismga, masalan, samolyot qanotiga qarshilik kuchini ko’paytirib, ko’tarish kuchini kamaytiradi.