CHEKKA NUQTA

CHEKKA NUQTA — ishlab turgan porshenli mashina tsilindrida porshenning o’z harakat yo’nalishini o’zgartiradigan eng chekka holati. Porshenning tirsakli val (krivoship) dan eng uzoqlashgan holati yuqori Chekka nuqta (YUCHN), unga eng yaqinlashgan holati pastki Chekka nuqta (PCHN) deb ataladi. Porshen Chekka nuqtada turganida uning tezligi nolga teng bo’ladi. Porshen YUCHN bilan PCHN orasida o’tadigan masofa porshen yo’li deb ataladi. Porshen YUCHN dan PCHN ga siljiganda tsilindrda hosil bo’ladigan bo’shliqqa tsilindrning ish hajmi deyiladi. Porshen YUCHN da turganida uning ustida eng kichik bo’shliq qoladi. Ana shu bo’shliq yonilg’i yonish kamerasining hajmi deb ataladi.