CHEKSIZLIK

CHEKSIZLIK (matematikada) — miqdorlar, kattaliklar va boshqa matematik tushunchalarni kengaytirish maqsadida ishlatiladigan tushuncha. Matematik analizda cheksiz kichik, cheksiz katta miqdorlar, geometriyada cheksiz uzoqlashgan elementlar, haqiqiy sonlar tuplamini ikkita «maxsus» son —oo va +oo bilan, to’plamlar nazariyasida natural sonlar qatori 1, 2,… ni transfinit sonlar bilan to’ldirish va hokazolar shunday tushunchadir. Masalan, Hosila tushunchasi cheksiz kichik ikki miqdor nisbatining limiti, integral esa soni cheksiz ko’p «cheksiz kichik»lar yig’indisining limiti bo’lib, bunday «kengaytirishlar» matematika va boshqa fanlarda muhim ahamiyatga ega. O’zgaruvchan cheksiz kichik, cheksiz katta miqdorlarni o’zgarmas cheksiz katta miqsorlardan farq qilish uchun «potentsial» va «aktual» cheksizlik terminlari vujudga kelgan.