Gayana
Rasmiy nomi — Gayana Kooperativ Respublikasi. Poytaxti -Jorjtaun. Hududi – 215 ming km.kv. Aholisi – 800 mingdan ortiq (2012). Davlat tili — ingliz. Dini — induizm (54%), xristianlik (27%). Pul birligi — gayana dollari. Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Amerikaning shimoliy qismida joylashgan davlat bo’lib, janubda va g‘arbda Braziliya, shimoliy g’arbda Vene- suela va sharqda Surinam davlatlari bilan chegaradosh. Shimolda Gayana Atlantika okeani bilan tutashgan. Markaziy va janubiy hududlarini Gvian yassitog‘liklari egallagan. Eng baland cho‘qqisi Rorayma (2772 m). Mamlakat zamini boksit, oltin, olmos kabi tabiiy boyliklarga boy. Iqlimi — subekvatorial. 0‘simlik dunyosi o‘ta xilma-xil. Gayana hududida dunyoning boshqa joylarida kam uchraydigan qizil daraxt va temir daraxti o‘sadi. Hayvonot dunyosi bo’yicha Gayana dunyoning eng boy davlatidan biri desa bo‘ladi. Uning hududida dunyoning boshqa hududlarida o‘ta noyob hisoblangan 100 dan oshiq jonzot turlari mavjud. Timsoh va maymunlaming eng noyob turlarini Gayanada uchratish mumkin. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Britan Hamdo‘stligi a’zosi. Mamlakat 10 ta okrugga bo‘lingan. Gayana 1966-yil 26-mayda Britaniya istibdodidan chiqib o‘z mustaqilligini e’lon qilgan. 1970-yilning 23-fevralida Gayana respublika deb e’lon qilingan. Ijroiya hokimiyat prezident va Bosh vazir boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organi bir palatali parlament — Milliy Majlis. Asosiy siyosiy partiyalari: Xalq taraqqiyoti partiyasi (XTP), Xalq Milliy Kongressi (XMK).
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Gayana aholisi ishlab chiqarishdan tushadigan daromadi bo‘yicha dunyoning eng qashshoq davlatlaridan biri. Elektroenergetika sohasining sust rivojlanganligi va elektr quv-vatining yetishmasligi xalq xo‘jaligining rivojlanishiga juda katta to‘siq boimoqda. Sanoatning asosiy sohasi — tog‘-kon sanoati hisoblanadi. Gayana agrar davlat bo‘lganligi sababli, mamlakat xalq xo‘jaligi hayotida qishloq xo‘jaligi asosiy o‘rinni egallaydi. Qishloq xo‘jaligida asosan shakarqamish va sholi yetishtiriladi, bundan tashqari banan, qahva va sitrus mevalari yetishtirish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya. Tarixi. Tub aholisi hindular hisoblangan Gayana XVII asrga kelib Gollandiya istibdodiga tushib qoldi. 1914-yilda Buyuk Britaniya mulkiga aylandi. 1931-yildan butunlay Britaniya mustamlakasiga aylantirildi. II jahon urushidan keyin mustamlakalarda yuzaga kelgan o‘zgarishlar tufayli, 1953-yilda Buyuk Britaniya Gayanaga o‘z-o‘zini boshqarish huquqini berdi. 1966-yilda esa uning mustaqilligini tan oldi.