Markaziy Amerikada yashaydigan, bo’yi 20 santimetr (8 dyuym) keladigan mitti baliqning. Bu baliq, albatta, Akvarium va hayvonot bog’larida ham uchraydi. Ko’zlarining ikkilangani sharofati o’laroq ular suv sathida yashashga moslashgan. Suv va havoning nurni har xil singdirishi sizga ma’lum. Xo’sh, nima uchun baliq suv tagida yaxshi ko’rib, havoda qolganida hech narsani ko’rmaydi. Bunday hol bo’lmasligi uchun bu baliqning har bir ko’zi go’yo yarmidan bo’linib, mustaqil ko’zday taassurot qoldiradi, biri havoga, ikkinchisi suvga moslashgan. Biz bu baliqning ko’zi to’rtta deb aytayotganimizning sababi mana shunda. Ikki qism suv sathi bo’yicha bo’lingan. Yuqori qismi yordamida baliqning ko’zi tepada bo’layotgan narsalarni ko’rib turadi. Ayni chog’da ko’zlarining pastki qismi quyida bo’layotgan narsalarni ko’rishga imkon beradi. To’rt ko’zli baliq o’ljasini topmaguncha suv sathida sekin suzadi. Olimlarning farazicha, ular tepasida uchadigan hasharotlar bilan oziqlanadi. Garchi suv tagidagi o’ljasini qanday tutishini kuzatishgan bo’lsa-da, tepadagi hasharotlarni qanday tutishini ko’rishmagan. To’rt ko’zli baliq hujum qilgan payti atay suvdan sakraydi. To’rt ko’zli baliqning modasi bolalaydi, demak, u o’z uvuldirig’ini oshqozonida saklaydi. Bu yerda ular xavfdan xoli bo’ladi. Bola tug’ilishi bilan ona baliq ularni o’z holiga qo’yib yuboradi.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
