DUBAY
DUBAY, dibay — BAA tarkibidagi shahar. Dubay amirligining ma’muriy markazi. Arabiston yarim orolining shimoli- sharqida. Aholisi 669,1 ming kishi (1995). Fors qo’ltig’i sohilidagi yirik port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neft olinadigan rayon markazi. Alyuminiy zavodi, quruq dok (dunyoda eng yirik), avtomobil ta’mirlash ustaxonalari, gaz suyultirish korxonalari, xalqaro kutubxona bor. Dubay jahondagi oltin savdosi markazlaridan biri.