DEVONKO’L KOLLEKTORI
DEVONKO’L KOLLEKTORI – Xorazm viloyatidagi yirik kollektor. Uning 1-navbati 1953 yilda (uzunligi 38,6 kilometr, suv sarfi 5,3 m3/s), 2-navbati 1957 yilda (uzunligi 39,7 kilometr, suv sarfi 7,0 m3/s) qurilgan. 1967— 74 yillarda rekonstruktsiya qilinganidan keyin uzunligi 39,7 kilometr, suv sarfi 13,2—23,0 m3/s ni tashkil etdi. Kollektor Xorazm viloyati Gurlan tumanida dehqonchilik qilinadigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, sho’r va drenaj, tashlama suvlarni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Devonko’l kollektori suvlari Daryoliq kollektoriga quyiladi.