DEJNYOV SEMYON IVANOVICH
DEJNYOV SEMYON IVANOVICH (taxminan 1605— 1673, Moskva) — rus yo’l ochuvchisayyohi, dengizchisi. Sharqiy Sibirdagi kazak polklarida xizmat qilgan. 1640— 42 yillarda Osiyoning chekka shimoli-Sharqiy qismini kolonizatsiyalashtirish va Rossiyaga qo’shib olishga tayyorgarlik ko’rish maqsadida tuzilgan Ekspeditsiyada qatnashgan. Oymyakonda bo’lgan. Mahalliy aholidan zo’rlik bilan davlat xazinasiga sobol (Sibir yoki Kamchatka suvsari) mo’ynasidan yasoq to’plagan. 1648 yil navbatdagi ekspeditsiya bilan kemada shimol suv yo’lidan sharqqa tomon suzib, Osiyoning eng chekka nuqtasiga yetib borgan. So’ngra Osiyo va Amerika oralig’idagi bo’g’oz (bering bo’g’ozi) dan birinchi marta o’tgan va Chukotka yarim orolini aylanib, quruqlikdan Kolima daryosining quyilish joyiga etib borgan. Anadir va Anyuy darelarini xaritaga tushirgan. Kazak atamani unvonini olgan. Dejnyov nomiga Osiyoning eng shimoli-Sharqiy chekka nuqtasi, Chukotkadagi tog’ tizmasi, bering dengizi g’arbiy sohilidagi qo’ltiq qo’yilgan.