DIXOGAMIYA
DIXOGAMIYA (Yunoncha dicha — ikki kiem, bo’lakcha va gamos — qo’shilish) — o’simlik gulidagi changchi va urug’chi organlarining turli muddatda yetilishi. Dixogamiya o’simliklarning o’z-o’zidan changlanishiga yo’l qo’ymaydi. Changchilarning urug’chidan oldin etilishi protandriya, urug’chining changchidan oldin yetilishi protoginiya deb ataladi. Dixogamiya ko’pchilik o’simliklarga xos. Changchi va urug’chilarning bir vaqtda yetilishi gomogamiya deb ataladi.