DISKRAZIT
DISKRAZIT (Yunoncha diskrasiya — yomon qotishma) — mineral. Kimyoviy formulasi AgjSb. Rombik singoniyali. Yaxlit mayda donachalar holida uchraydi, Rangi kumushsimon okdan tuk, kulranggacha. Yaltiroqligi yorqin metallsimon. Qat. 3,5—4. Zichligi 9,8 g/sm3. Gidrotermal yertomirlarda hosil bo’ladi. Diskrazit O’zbekistonda Qurama tog’laridagi Oqtepa, Konimansur va Oltintopgan polimetall konlarida topilgan. Xorijda Chili, Avstraliya, Kanada, Rossiyada oltin, kumush va polimetall konlarida ma’lum.