DEPUTATLARNING FRAKTSIYALARI, BLOKLARI VA GURUHLARI

DEPUTATLARNING FRAKTSIYALARI, BLOKLARI VA GURUHLARI -deputatlarning o’zaro kelishuv asosida tashkil topgan birlashmalari. Deputatlar siyosiy qarashlari, kasbi, qiziqishlari bo’yicha rasmiy fraktsiyalar, bloklar, doimiy va muvaqqat deputatlar guruhlariga birlashishlari mumkin. O’zbekistan Respublikasida Deputatlarning fraktsiyalari, bloklari va guruhlari faoliyati «O’zbekistan Respublikasida deputatlarning maqomi to’g’risida»gi qonunda (1995 yil 6 may) va «O’zbekistan Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti»da (1995 yil 5 may) belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisida ro’yxatga olingan 4 ta fraktsiya (O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi, Fidokorlar milliy demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputatlar fraktsiyalari) va 2 ta blok (saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bloki va hokimiyat vakillik organlaridan saylangan deputatlar bloki) bor.