DEFIBRER
DEFIBRER (Fransuzcha defibreur — tolani maydalash) — yog’och massasi yoki tsellyuloza olish uchun dumaloq yoki yorilgan yog’ochni (uzunligi 1-3 metr, diametri 8-24 santimetr) aylanib turgan jilvir tosh yordamida qirib yog’och massasi olish uchun mo’ljallangan mashina. Davriy ishlaydigan va uzluksiz ishlaydigan xillari bo’ladi. Davriy ishlaydigani gidravlik, magazinli; uzluksiz ishlaydigani vintli, zanjirli va halqali turlarga bo’linadi. Jilvir toshi kvars-tsement yoki keramik toshdan qilingan uzluksiz Defibrer kengroq ishlatiladi. Unda to’xtovsiz aylanib turadigan plastinkali zanjirlar yog’ochni jilvir toshlarga qisib beradi, jilvir toshlar yog’ochni qirib, yog’och massasiga aylantiradi. Defibrer qog’oz va karton ishlab chiqarish korxonalarida qo’llaniladi.