DEHQONXO’JAYEVA NOZIMA ABDULLAYEVNA

DEHQONXO’JAYEVA NOZIMA ABDULLAYEVNA (1928.20.12, Toshkent) — terapevt, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1987), tibbiyot fanlari Doktori (1967), professor (1967). ToshTIni tugatgan (1949). Vaktsina va zardoblar ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1958-60), o’lka tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti gastroenterologiya laboratoriyada katta ilmiy xodim (1960-69), protozoy kasalliklar bo’limi boshlig’i (1971-91), O’zbekistan Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Mikologiya va protozoy kasalliklar ilmiy markazi direktori (1991 yildan). Lyamblioz kasalligining kelib chiqishi, klinikasi va davosi, zamburug’kasalligini qo’zg’atuvchi pasilomises turlari ustida tadqiqotlar olib bordi. 1-darajali «Sog’lom avlod uchun» ordeni (1996) bilan taqdirlangan. As: Xronicheskie zabolevaniya kishechnika u detey, T., 1986; Zaaminellyoz, T., 1995.