DEEMULGIRLASH

DEEMULGIRLASH – emulsiya (bir-biriga aralashmaidigan ikki suyuqlikdan iborat dispers sistema) ni parchalash jarayoni. Masalan, sutning yog’ini ajratib olish uchun qo’llaniladi. Deemulgirlash usullari: 1) tsentrifuga yordamida (markazdan qochirma kuch ta’sirida suyuqlikdagi og’ir qo’shilmalarni yengil qismlardan ajratish); 2) emulsiya zarralariga elektr maydoni ta’sir ettirish (neft tarkibidagi suvni ajratish); 3) emulsiyani isitish (bunda kalloid zarralar kengayib, ustidagi yupqa pardalarni yirtadi, natijada aralashma pastga cho’kadi); 4) emulsiyaga elektrolitlar ta’sir ettirish va hokazolar.