DEHLI SULTONLIGI

DEHLI SULTONLIGI – Hindistondagi davlat (1206-1526). Poytaxti — Dehli shahri. G’uriylar davlati tomonidan 12-asr oxirida shimoliy Hindiston bosib olingach, barpo etilgan; Muhammad G’uriyning Hindistondagi noibi Qutbiddin Oyboq o’zini Sulton deb e’lon qilgan. Dehli sultonligidagi musulmon amaldorlar hukmron mavqega ega bo’lishgan. Boburiylar tomonidan zabt etilgan.