DEHOTIY ABDUSALOM PIRMUHAMMADZODA
DEHOTIY ABDUSALOM PIRMUHAMMADZODA (1911.14.3, Samarqand yaqinidagi bog’i maydon qishlog’i — 1962.30.1, Dushanba) — tojik shoiri, dramaturg. Asarlarida «Pirmuhammadzoda», «Navqalam», «Hardamxayol», «Dehotiy» taxalluslarini qo’llagan. O’zbekiston pedagogika akademiyasida tahsil ko’rgan (1930-31). Faoliyatini «Haqiqati O’zbekiston» gazetasi (1931-34) da boshlagan. Tojikiston davlat nashriyotining Samarqand bo’limida ishlagan (1934— 35). Ilk hikoyasi — «baxtiqaro Hamida» (1929). «Uch manzara» (1932), «mehnat qo’shiklari» (1934), «she’rlar va hikoyalar» (1940), «tanlangan she’rlar» (1949) to’plamlari bor. «Vose qo’zg’oloni» operasining librettosi (M. Tursunzoda bilan hamkorlikda, 1938), «tog’dagi nur» (1947) hamda «Komde va Mudan» (1951— 53) dramalarini yozgan. Dehotiy tojik xalq og’zaki ijodiga oid «tojik xalq yumori» (1938) kitobi hamda o’zbek shoirlari xaqidagi maqolalar («Junaydulla Maxdum Hoziq», 1940; «Buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy», 1948) muallifi. Abdulla Qahhornnng «Shohi so’zana» (1953), B. Rahmonovning «yurak sirlari» dramalarini, Muqimiy, H. Olimjon, N. Hikmat she’rlarini tojik tiliga tarjima qilgan.