DIAZOTLASH

DIAZOTLASH — aromatik aminlarga mineral kislotalar ishtirokida nitrit kislota ta’sir ettirib aromatik diazobirikmalar hosil qilish usuli. Diazotlash tezligi aminobirikmaning tuzilishiga hamda reaktsiyada ishtirok etuvchi anionning tabiatiga bog’liq. Aromatik yadroda manfiy o’rinbosarlari (NO2, SO3H, soon, S1 va boshqalar) bo’lgan aminlar musbat o’rinbosarlar (SN3, on, OSN3 va boshqalar) ga nisbatan tezroq diazotlanadi. Brom ionlari Diazotlash jarayonini tezlashtiradi. Hosil bo’luvchi diazobirikmalarning beqarorligi sababli Diazotlash nisbatan past (0° dan 25° gacha) temperaturada o’tkaziladi. Diazotlash ko’pgina aromatik birikmalar sanoatida, ayniqsa, azobo’yoqlar olishda keng qo’llaniladi.