EVRISTIKA

EVRISTIKA (Yunoncha peshtzko — izlayman, topaman) — 1) masala yechishning maxsus usullari (evristik usullar). Masalani aniq matematik modellarga tayanib va an’anaviy usullardan foydalanib echishning aksi. Evristik usullardan foydalanish masalani yechish vaqtini ancha qisqartiradi. Bunday usulda olingan yechim eng to’g’ri yechim hisoblanmaydi, balki mumkin bo’lgan yechimlardan biri bo’ladi. Ko’pincha, Evristika yordamida qo’yilgan maqsadga erishib bo’lmaydi. Ba’zan psixologik va kibernetik adabiyotda evristik usullarga masalalar yechishning induktiv usullari sifatida tushuniladi; 2) EHM (kompyuter) uchun dasturlar tuzish usuli (evristik dasturlash). Agar oddiy dasturlar tuzish usulida dasturchi masalani echishning tayyor mat. usulini EHM ga «tushunarli» shaklga kodlasa, evristik dasturlashda u masalani yechishning intuitiv (his qilib) tushuniladigan usulini shakllantirishga intiladi. Bu usul ham oldinga qo’yilgan vazifani mutlaq hal qilishga imkon bermaydi; 3) mahsuldor ijodiy fikrlash (tafakkur) jarayonini tashkil qilish (evristik faoliyat); 4) evristik faoliyatni o’rganadigan predmet; fikrlash haqidagi fanning maxsus bo’limi. Fan sifatida psixologiya, sun’iy intellect nazariyasi, strukturaviy lingvistika, axborotlar nazariyasi predmetlarining omixtasi sifatida rivojlanadi; 5) maxsus o’qitish usuli (Suqrot suhbatlari) yoki muammolarni ko’plashib hal qilish. Bunda ta’lim olayotgan kishilarga yo’naltiruvchi qo’shimcha savollar va misollar beriladi. Murakkab muammolarni ko’plashib hal qilishda g’oya muallifiga ishtirokchilar yo’naltiruvchi savollar, misollar, aks misollar berishadi.