AVAZOV BAHROM BEKNAZAROVICH

AVAZOV BAHROM BEKNAZAROVICH (1970.3.1, G’uzor tumani) — kurash-chi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1998), «O’zbekiston iftixori» (2003). Avazov kurashning 81, 90 kilogramm va mutlaq vazn toifalarida O’zbekiston (1991— 2001), Osiyo (2001, Toshkent) va jahon (2000, Antaliya; 2001, Budapesht) chempioni. Mutlaq vazn toifasida xalqaro musobaqalar (1996, shahri-sabz; 1998; Xiva) va Alpomish o’yinlari (1998, Termiz) g’olibi. Avazov Qarshi pedagogika institutini tugatgan (1991), shu institutda katta o’qituvchi (1991— 2003), O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi Qashqadaryo viloyat filiali direktori (2003 yildan).