ALBUKERKI (A1IYAIEGYAIE) AFONSU D’

ALBUKERKI (A1IYAIEGYAIE) AFONSU D’ (1453, Aleksandriya, Lissabon yaqinida — 1515.15.12, Arabiston dengizi, Goa yaqinida) — portugaliyalik istilochi, Hindiston vitse-qiroli (1510-15). Ost-Indiyadagi Portugaliya mustamlaka imperiyasi asoschisi. 1503 yil Kochin shahrida portugal flotiliyasiga qo’mondon bo’lib, Fort qurgan. 1506 yil Tristanda Kunyaning ekspeditsiyasida qatnashgan, uning ixtiyorida ekspeditsiyadagi 16 kemadan 5 tasi bo’lgan. 1507 yil Fors qo’ltig’idagi Ho’rmuzki bosib olgan, biroq uni qo’lda tutib tura olmagan. 1510 yil Goani egallab olib, uni portugaliyaliklarning Sharqdagi istilolarining tayanch punktiga aylantirgan. Dengiz savdo yo’llarini nazorat qilish uchun 1511 yil Malakkani bosib olgan. Albukerki portugaliyaliklarning Malabar sohillari, Tseylon oroli, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga qilgan dastlabki ekspeditsiyalariga rahbarlik qilgan. 1513 yil Adanni egallashga uringan, 1515 y. Ho’rmuzni 2-marta bosib olgan.