ARMSTRONG LUI DANIEL

ARMSTRONG LUI DANIEL (1900.4.7,_ Nyu—Orlean — 1971.6.7, Nyu-York) — afroamerikalik sozanda (truba), xonanda, aktyor, jaz san’ati asoschilaridan. Ilk jaz ansambllarining tashkilotchisi va ishtirokchisi. Chikago va Nyu-York jaz-orkestrlarida qatnashgan. 1947 yil «Lui Armstrongning barcha yulduzlari» ansamblini tashkil qilib, u bilan birga Evropa, Afrika, shimol va Janubiy Amerikada gastrolda bo’lgan. O’ziga xos ehtirosli va badihago’y ijro uslubini yaratgan. Bir necha blyuz va qo’shiqlar muallifi. Mohir truba ijrochisi sifatida ko’pgina tanlovlarda oliy mukofotlar bilan taqdirlangan. 1938 yildan kinoda suratga tushgan.