BOLIYEV ASRA

BOLIYEV ASRA (1940.16.12, Nurota tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2003). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1967). 1967 yildan Nurota tumanidagi 17-maktabda kimyo biologiya o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari, 1975 yildan Qo’shrabod tumanidagi 17-maktab direktori, 1989 yildan Qo’shrabod tuman xalq ta’limi bo’limida metodika kabineti mudiri, 2000-2003 yillarda Qo’shrabod gumanidagi 27-maktabda biologiya o’qituvchisi.