BEKKET (VESKEP) SEMYUEL

BEKKET (VESKEP) SEMYUEL (1906.13.4, Dublin – 1989.22.12, Parij) — irlandiyalik shoir, dramaturg va romannavis; modernizm vakili. Ingliz va frantsuz tillarida ijod qilgan. Dublindagi Triniti-kollejni tugatgan. 1937 yildan Frantsiyada yashagan. «Tepishdan ko’ra sanchish ko’proq» (1934) hikoyalar to’plami, «qayroqlar sadosi» (1936) she’riy to’plami hamda «Myorfi» (1938) romanini nashr ettirgan. «Gadoni kutib» (1952), «o’yin intihosi» (1957) va «magnitofonning oxirgi tasmasi» (1959) kabi syurrealistik pesalarida absurd dramasinnng g’oyaviy uslubiy tamoyillari aks etgan. Ular qahramonlari hayotning bema’ni, tuturiq-sizligini his qilib yashovchi va insoniyatning yaqinlashib kelayotgan halokati haqidagi o’ylar tufayli dahshatga tushib qolgan, ham ma’naviy, ham jismoniy majruh kishilardir. «Molloy» (1951), «Malon o’lyapti» (1951), «Nomsiz» (1953) romanlarida «ong oqimi» adabiyoti (G’arbiy Yevropa adabiyotida 20-asr boshidagi ijodiy tamoyil — ruhiy-ma’naviy hayot jarayonlarini bevosita, muallif ishtirokisiz aks ettirish) an’analari namoyon bo’lgan. «Halokat» (1982) pyesasida san’atkor erki haqidagi fikr ilgari surilgan. Nobel mukofoti laureati (1969).