BORIY
BORIY (lotincha Vopshp). VN — Mendeleev davriy sistemasining VII guruhiga mansub sun’iy radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 107. Barqaror nuklidlari yo’q, massa soni 261 va 262 ga teng bo’lgan 2 ta izotopi ma’lum. Eng uzoq mavjud bo’luvchi nuklidi -62V[T|/2= 1 1,8 MK sekund, boshqa ma’lumotlarga ko’ra (I— 2)-10′ sekund]. Oksidlanish darajasi +3 dan +7 gacha; baholangan ma’lumotlarga ko’ra VN ionining radiusi 0,083 nm. Og’irlik miqdorida olinmagan, uning xossalari o’rganilmagan. Kimyoviy xossalariga ko’ra Boriy Ke (reniy)ning analogi bo’lishi kerak (nazariy hisoblar). VN°/ Vp5+ ning standart elektron potentsiali — 0,1 V (hisoblab topilgan). Boriy izotoplari V1 (vismut) izotoplarini 54sg (xrom) ionlari bilan tsiklotronda nurlantirish (bombardirovka qilish) yo’li bilan sintez qilinadi. Boriyni olish borasidagi ilk tajribalar 1976 yilda SSSRda Yu.Ts.Oganesyan rahbarligida o’tkazilgan. 262VN va 26|VN ning yadroviy xossalari to’g’risidagi birinchi ishonchli ma’lumotlar tegishlicha 1981 va 1989 yillarda Germaniyada olingan. 1997 yilda IYUPAK elementni Boriy (N.Bor sharafiga) deb tasdiqladi.