KINGSTAUN

KINGSTAUN – shahar, Ssnt Vinsent va Grenadina poytaxti. SsntVinsent vulkan orolining Janubi-sharqida, dengiz bo’yida joylashgan. Aholisi 19,2 ming kishi (2001). Mamlakatning asosiy dengiz porti. Aeroport bor. Kingstaun porti orqali chetga banan, arrorut (kraxmal uni), shakar xom ashyosi, kopra va boshqa tovarlar chiqariladi. Oziq-ovqat, sovun ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Turistlar ko’p boradi.