GESSE (NEZVE)

GESSE (NEZVE), Xesse German (1877.2.7, Kalv, Vyurtemberg — 1962.9.8, Montanola, Shveytsariya) — nemis yozuvchisi. 1912 yilda Shveytsariyada yashagan. Ijodini she’r yozishdan boshlagan, kichik hikoyalar, nasriy she’rlar yozgan. Dastlabki romani — «Marhum German Lausher insholari va she’rlari». «Peter Kamentsind» (1904) romanida martaba va boylik orttirish istagida bo’lganlar dunyosidagi ijodkorning og’ir qismatini tasvirlagan va shu asari bilan tanilgan. Shundan so’ng X. «Gertruda» (1910) romani, «Hindiston safari» ocherk va she’rlar to’plami, «Rosxalde» (1917), «Demian» (1919), «Cho’l bo’risi» (1927) kabi romanlarini yozgan. «Marjon o’yini» (1943) roman-utopiyasini Gesse ma’naviy-axloqiy izlanishlarining yakuni desa bo’ladi. Yozuvchi bu asarida ijodkor garchi voqelikni aslicha qabul qilmasada, uni inkor etmasligi, undan uzoqlashmasligi kerak, degan g’oyani ilgari suradi. Nobel mukofoti laureati (1946).