«DEDIMAN SILK ROUD TASHKENT»

«DEDIMAN SILK ROUD TASHKENT» (inglizcha «Dediman Ipak yo’li Toshkent») — 4 yulduzli mehmonxona; Toshkent shahrida joylashgan. 1970 yilda «Do’stlik» mehmonxonasi nomi bilan ishga tushgan (voronejlik quruvchilar Bunyol etgan). Ta’mirlash loyihasini «TAMAX» firmasi, qurilishini esa «Apeas» firmasi bajardi (2003). 2004 yildan hozirgi nomda. Ta’mir vaqtida mehmonxonaning ichki qiyofasi o’zgartirildi, xonalar kengaytirildi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi, mehmonlar uchun barcha qulayliklar yaratildi, bino qiyofasi mahobatli, zamonaviy ko’rinishga ega bo’ldi. Mehmonxona 9 qavatli, 206 ta xonadan iborat; 1 o’rinli 36 ta, 2 o’rinli 48 ta, 2 o’rinli (lyuks) 63 ta, 2 o’rinli (Super lyuks) 45 ta, 2 o’rinli (apartamentli) 14 ta zamonaviy xonalar mavjud. Mehmonxona yer osti qavatida garaj, texnik xonalar, 1-qavatda vestibyul, sog’lomlashtirish majmuasi (ochiq va yopiq basseynlar bilan), ofis, ma’muriy xonalar va do’konlar bor. 2-qavatda turar joy xonalari hamda restoran va xollar, 3-8-qavatda turar joy va xollar, 10-qavatda ochiq qahvaxona joylashgan.