JAMALLULLAYL TUANKU SAID SIROJIDDIN BIN AL-MARHUM TUANKU SAID PUTRA

JAMALLULLAYL TUANKU SAID SIROJIDDIN BIN AL-MARHUM TUANKU SAID PUTRA (1943.17.5, Malayziya, Perlis shtatidagi Arau shahri) — Malayziya davlat arbobi. Angliyaning Vellingboro shahridagi umumiy ta’lim kollejini (1963), Qirollik harbiy akademiyaning Sandxyort shahridagi zobit kadetlar kursini (1965) tugatgan. 1965 yildan Malayziya qurolli kuchlari safida, so’ng Perlis futbol assosiasiyasi prezidenti (1977-95), Tuanku Said Putra jamg’armasi raisi (1986— 2001), 2001 yil 7 maydan rasman Perlis shtati rojasi (hukmdori). 2001 yil 12 dekabrdan Malayziyaning Oliy hukmdori (podshosi).