ISKANDAROV QUVONDIQ
ISKANDAROV QUVONDIQ (1930.10.9 — Hazorasp tumani — 2004.20.7) — O’zbekiston xalq hofizi (1998). Hojixon Boltayev maktabi davomchisi. Ashulachilik sirlarini dastlab ozod Jabborovdan, keyinchalik ustozona yo’llarini Hojixon va Nurmuhammad Boltayevlardan o’rgangan. O’zbek davlat filarmoniyasi («Xorazm». «Lazgi» ansambllari)da yakkaxon xonanda (1958— 85). Toshkent musiqa kolleji va O’zbekiston konservatoriyasida pedagog (1999 yildan). Repertuaridan Xorazm («Feruz 1, 2» savtlari bilan. «Segoh», «Dugoh», «Orazibon», «katta suvora», «Chapandozi Suvora» va boshqalar), Farg’ona-Toshkent («Tanavor 1», «Girya 1.2», «Tamanno» va boshqalar mumtoz yo’llari, kuyini o’zi bastalagan asarlar («suhbatlashaylik», «Uchra-lim». «Uzoqdasan», «Ikkimiz», «Qaydasan», «indamas Suvora» va b.), shuningdek, turkman va Ozarbayjon xalq qo’shiqlari o’rin olgan. Iskandarov so’lim, yoqimli, barcha registrlarda jarangdor va jozibali ovoz sohibi. U o’zbek mumtoz ashulachilik an’analariga tayanib o’ziga xos ijro yo’lini yaratgan. Uslubi shijoat va jo’shqinligi bilan ajralib turadi. I. F.Davletov, M.Dadaboyeva, R.Qurbonov, A.Dadaev, O’.Ollaberganov, G.G’oibova, Sh.Matyoqubov kabi xonandalarga ustozlik qilgan. Osiyo davlatlarida gastrolda bo’lgan. Ijrolari gramplastinka va O’zbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan.