KACHINSKIY LEX

KACHINSKIY LEX (1949.18.6, Varshava) — Polsha davlat arbobi. Yuridik fanlari doktori. Varshava universitetini tugatgan (1971). Gdansk universiteti ilmiy xodimi (1971-90), «mehnatkashlarni himoya qilish qo’mitasi» yashirin tashkiloti faoli (1977-80). Gdansk kemasozlik zavodi ish tashlash qo’mitasida maslahatchi (1980-81), «birdamlik» kasaba ittifoqi harakati faoli (1982— 90), uning huzuridagi «fuqarolik qo’mitasi» a’zosi (1988-89), Polsha parlamenti yuqori palatasi — Senat a’zosi (1989-91), «birdamlik» kasaba Ittifoqi raisining birinchi o’rinbosari (1990-91), Polsha parlamenti quyi palatasi — Seym deputati (1991 — 95), Polsha Respublikasi prezidenti huzuridagi milliy xavfsizlik byurosi direktori (1991), Polsha oliy lazorat palatasi direktori (1992-95), «Markaziy kelishuv» partiyasi raisi (1995— 2000), Polsha Adliya vaziri — bosh prokurori (2000-2001), «huquq va adolat» partiyasining faxriy raisi (2001 yildan), Varshava shahri meri (2002-2005). 2005 yil 23 oktabrda Polsha Respublikasi prezidenti etib saylangan. 2005 yil 23 dekabrdan rasman Polsha Respublikasi prezidenti.