MISTRAL FREDERIK
MISTRAL FREDERIK (1830. 8.9 — meyan – 1914.25.3) – provansal shoiri. Eksan-Provais shahrida huquqshunoslik fakultetini tugatgan (1851). 1854 yilda pansionatdagi o’qituvchisi J.Rumanil va bir pechta do’stlari bilan uyushib, provansal tilining 12-13-asrlardagi yuksak mavqeini tiklashga intilgan. Bu uyushma a’zolari «Felibrlar» («Ilhom parisining shogirdi») deb atalgan. Mistralning «Mireyo» dostoni (1859) fedibrlar harakatiga qattiq turtki bo’lgan. Doston markazida sevgilisiga etolmay halok bo’lgan qiz turgan bo’lsa-da, asar Provans viloyatining tabiatini, xalqining xarakterini aks ettirgan, unda folklorga boy provansal tilining barcha go’zalliklaridan mahorat bilan foydalanilgan. «Oltin orollar» (1876), «zaytun terimi» (1912) she’riy to’plamlarida ham folklor ohanglari yorqin aks etgan. M.ning ulkan asari — «Felibrij xazinasi» provansalcha-frantsuzcha lug’ati 1880-86 yillarda bir necha jildda bosilgan. Lug’at o’ziga xos entsiklopediya bo’lgan. Nobel mukofoti laureati (1904).