OMANN ROBERT

OMANN ROBERT (1930, Germaniya) — isroillik iqtisodchi (1938 yil Amerikaga ko’chib o’tgan, 1956 yildan Quddusda. AQSh va Isroil fuqaroligiga ega). Massachusets texnologik institutida doktorlik ilmiy darajasini olgan. Quddus (Isroil) yahudiy universiteti professori. 20-asrning 90-yillari boshidan Isroil matematiklar Ittifoqi Prezidenti. Yahudiy matematika jamiyati jurnali muharriri. «Talmuddagi o’yinlar nazariyasi» asari mashhur. Ilmiy ishlari o’yinlar nazariyasi asosida ijtimoiy muammolar, jumladan to’qnashuvlar va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan, narxlar va savdo urushlari kabi iqtisodiy ixtiloflarning kelib chiqishi tabiati ochib berilgan. Nobel mukofoti laureati (2005; T. Shelling bilan birga).