RASULOV O’LMAS MAMASODIQOVICH
RASULOV O’LMAS MAMASODIQOVICH (1951.12.1, Denov tumani) — sozanda (g’ijjak, manzur), xonanda, bastakor. O’zbekiston xalq artisti (2005). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1976). Buxoro musiqa bilim yurti (1976-77), Toshkent konservatoriyasi (1987-94), Hamza nomidagi Respublika musiqa kolleji (2002 yildan) da pedagog, Buxoro davlat universitetida dotsent (1995 — 2002) va kafedra mudiri (1995-2000). Ayni paytda «Zarafshon» ansamblit sozanda (1987-94), «O’zbeknavo»ning Buxoro viloyati bo’limida badiiy rahbar (1997-2002), «Dutorchi qizlar» ansamblish maslahatchi (2002 yildan). Sozanda repertuaridan Shashmaqom va Farg’ona — Toshkent maqom yo’llari, o’zbek xalq («Azim Daryo». «Ende sendek», «havoyi Eron» va boshqalar) va mumtoz («surnay Miskini», «Xaroboti Miskin» kabi) kuylari o’rin olgan. Xonanda sifatida «Sodirxon Ushshog’i», «Sig’madim» (Mashrab g’azali), «Or yig’laydi» (H.Hudoyberdiyeva) kabi ashulalar, Buxoro yo’llaridan «zaboniy», javoniy», «gul rezi» vokal turkumlarini mahorat bilan ijro etgan. «Oypalak», «Tavois», «O’chayotgan tabas-sum», «samo» kabi cholg’u kuy, «So’ramaysan» (H.Ahmedova she’ri), «Shiru-shakar», «karashma» (Navoiy, G’oziy, Nasimiy), «Magar Navro’z ila bayram» (Navoiy), «nozik muhammas» (Nozik Bibi Xo’qandiy) va boshqa ashula hamda turkumlar, shuningdek, «Bobur», «kecha va kunduz» videofilmlari, «Imom Buxoriy» badiiy filmiga musiqa bastalagan. Yevropa mamlakatlarida gastrolda bo’lgan. ijrolari «O’lmas Rasulov chaladi» gramplastinka (1984) hamda O’zteleradiokompaniyasi fonotekasiga yozilgan. 1-Respublika maqom ijrochilari tanlovi g’olibi (1983).