SERKEBOYEV ERMEKBEK MUHAMEDOVICH
SERKEBOYEV ERMEKBEK MUHAMEDOVICH (1926.4,7, Petropavlovsk) — qozoq xonandasi (lirik bariton). Xalq artisti (1959), Mehnat Qahramoni (1986). Olmaota konservatoriyasini tugatgan (1951). 1947 yildan qozoq davlat opera va balet teatrida yakkaxon xonanda, 1973 yildan Olmaota konservatoriyasida o’qituvchi, professor (1982 yildan). Yoqimli, mayin ovoz sohibi. Serkeboyev qozoq va mumtoz operalarda asosiy partiyalarni ijro etgan: Omongeldi (Tuleboev, «Omongeldi»), Er Targ’in, Artyom (E.Brusilovskiy, «Er Targ’in», «Dudaray»), Alpamis (E.Rahmadiev, «Alpamis»), Evgeniy Onegin, Eleskiy, Mazepa, Robert (P.Chaykovskiy, «Evgeniy Onegin», «Mazepa», «Iolanta») va boshqalar. Repertuaridan shuningdek, kamer va estrada asarlari o’rin olgan. Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlarida gastrolda bo’lgan. Qozog’iston Davlat mukofoti laureati (1972).