SOKOLOVA YEVGENIYA IVANOVNA

SOKOLOVA YEVGENIYA IVANOVNA (1910.31.5, Xarkov – ?) – O’zbekiston xalqartisti (1979). Kuybishev drama teatri qoshidagi studiyani tugatgan (1930). Urush qatnashchisi. 1946— 86 yillar Samarqand rus drama teatrida aktrisa. Yuqori aktyorlik texnikasi, sahna madaniyati, chuqur psixologik kechinmada ifodalash va kuchli ehtiros Sokolova ijodiga xos. «Irkutsk voqeasi» (A.Arbuzov)da Larisa. «Terezaning tug’ilgan kuni» (G.Mdivani)da Tereza, «qoidasiz o’yin» (L.Sheynin)da Marfa, «o’gay ona» (O.Balzak) da Gertruda, «Vanya tog’a» (A.Chexov)da Marina kabi obrazlar yaratgan.