TAVANXONA

TAVANXONA — to’y va ziyofatlarda mehmonlarga patnis tuzaladigan, sovg’asalomlar, to’yonalar, tavanlar qabul qilib olinadigan maxsus xona. Tavanxona Xorazmda qasnoqxona, Janub O’zbekistonning ayrim tumanlarida esa, sharvatxona ham deyiladi. Tavanlarni qabul qilish, mehmonlarga patnis tuzash uchun Tavanxonaga boshliq qilib qo’yilgan ayol — «tavanboshi», «tavanchi» deb atalgan.